O‘zbek lotin alifbosi bilan bog‘liq muammo yechimi 8-Yanvar, 2008

keyboard.jpg
foto: alcomm

Hammamizga ma’lumki, lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida hamda belgilari alohida shaklda ishlatiladi va alohida ma’noga ega. Ko‘pincha foydalanuvchilar ushbu belgilardan biri, lsquo ya’ni belgisini noto‘g’ri ishlatishadi. Men esa mana shunday mantiqiy xatolikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o' va g' harflarida uchraydigan ' belgisini lsquo - ‘ sifatida yozib chiqardim, shundan so‘ng u tayyor holatda o‘zbek lotin alifbosi imlo qoidasiga mos holda nomoyon bo‘lardi. Albatta, butun maqoladagi ushbu belgini birma-bir tahrirlash qiyinchilik tug‘dirmay qo‘ymaydi. Mana shunday masalaning yechimi endi mavjud. Mening shahsiy iltimosimga ko‘ra, Kaf Oseo tomonidan o' va g' harflarni avtomatik tarzda o‘ va g‘ shaklida o‘zgartiradigan WordPress uchun maxsus plagin tayyorlandi:

Uzbek Left Single Quote Plagini

Ushbu plaginni o‘rnatish uchun, yuqoridagi faylni (uzbek-lsquo.php) /wp-content/plugins/ katalogiga yuklang va boshqaruv paneli orqali aktivlashtiring.

Bundan keyin WordPressda sermazmun va foydali maqola yozish jarayonida mana shunday imlo muammolari haqida umuman o‘ylamasdan ijod qilishingiz mumkin.

PS: aytgancha, ushbu post mana shu plagin yordamida yozilgan birinchi postdir… natijasini o‘zingiz ko‘rib turibsiz :-)

Teglar: , , , ,
Bo‘lim: Plaginlar, WordPress |

Muhokama:

  1. Sherzod SHermuxamedov ·

    ‘ o‘rniga ` ni ishlatgan ma’qul emasmi? ` belgisi 1 sonining chap tomonida. Xato ko‘rmiydi. Yana adashayotgan bo‘sam uzr.

  2. UzBlogger ·

    Sherzod,

    Grammatika, imlo qoidasi degan tushuncha bor, qolaversa tegishli qonun bilan biriktirilgan. Bizga yoqadimi, yoqmaydimi… majburmiz.

Ushbu XHTML teglardan foydalanish mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>