Akismet - spamdan himoyalanishning eng qulay yechimi

AKismet 2.1.3 plagini
foto: fox

Bundan oldingi maqolalar orqali WordPress yordamida shaxsiy blog yaratishni o‘rganib oldingiz. Bundan keyin esa mavjud blogingizni rivojlantirish uchun astoydil harakat qilishingiz kerak bo‘ladi. Albatta, ma’lum qiyinchiliklarga to‘qnash kelishingiz tabiiy, lekin birgalikda barcha masalalarni yechishga harakat qilamiz degan umiddaman.

Nafaqat bloggerlar balki, barcha sayt egalari uchun eng asosiy qiyinchilik va dilxiralik olib keluvchi omillardan biri hali ham spam va spammerlar hisoblanadi.

Spam - bu siz hohlamagan va sizning roziligingizga qaramay blog yoki saytingizda reklama va boshqa maqsadlarda qoldirilgan sharhlar. Spammer esa, albatta ushbu spamni qoldiruvchi shaxs yoki bot hisoblanadi.

Uning oldini olish hozirgacha eng aktual masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Lekin siz, ya’ni WordPress foydalanuvchisi, bundan umuman tashvishlanmasangiz bo‘ladi. Bunday balodan qutulishning chorasi mavjud. Bu ham bo‘lsa Matt Mullenweg tomonidan yaratilgan Akismet plagini.

Ha, Akismet plagini yordamida hech qanday spamdan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. U barcha spam sharhlarni o‘zi aniqlab, ularni nashrga ruxsat bermaydi. Siz esa, o‘z navbatida Boshqaruv paneli orqali ushbu jarayonni boshqarishingiz mumkin. Spam deb belgilangan sharhlar o‘chirib yuborilmaydi, ularni siz Boshqaruv paneldagi maxsus Akismet bo‘limi(Boshqaruv paneli -> Muhokama -> Akismet Spam) orqali ko‘rishingiz mumkin va ma’lum sharhlarni spam emas deb belgilashingiz mumkin, yoki umuman o‘chirib yuborishingiz mumkin va hokazo.

Sizda savol tug‘ilishi mumkin, ya’ni Akismet sharhlarni spam yoki spam emasligini qanday aniqlaydi? Bu juda ham oson, Akismet plaginini o‘rnatganingizdan so‘ng, maxsus WordPress API kalitini kiritasiz. WordPress API kalitiga ushbu manzilda ro‘yxatdan o‘tish orqali ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu API kalitini kiritganingizdan so‘ng Akismet plagini o‘z faoliyatini boshlaydi va uning yordamida WordPress yordamida ishlaydigan barcha bloglarda hozirgacha aniqlangan va bundan keyin ham aniqlanadigan spam va spammerlardan sizning blogingizni ham birgalikda saqlaydi.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu plagin o‘ta muhim hisoblanadi. Shuning uchun ushbu plaginning eng so‘nggi versiyasini o‘rnatib olishingiz maslahat beraman.

Akismet 2.1.3 | Plagin sayti | PLagin muallifi

Ruknlar: , , , , , ,

Printerdan chiqarib olishingiz mumkin

“Akismet - spamdan himoyalanishning eng qulay yechimi”ga bitta mulohaza

  1. Akismet 2.1.4 | UzBlogger - Blog yuritish, blog yordamida daromad topish, WordPress va boshqa blog dasturlari haqida o‘zbek tilida batafsil ma'lumotlar dediki:

    [...] haqida oldingi maqolada to‘la ma’lumot berib o‘tgandim. Bu safar faqat ushbu foydali plaginning yangi [...]

Mulohaza qoldiring