SEO: Mavzuga tegishli boshqa maqolalar ro‘yxati 17-Fevral, 2008
O‘z blogingizni SEO uchun moslashtirish borasida yana bir muhim bosqich bu Tegishli Maqolalar plaginini o‘rnatishdir. Ushbu plagin blogingizni qidiruv tizimlar botlari tomonidan yana ham chuqurroq indeksatsiya qilinishiga yordam beradi. Maqolaga tegishli teglardan foydalangan holda tegishli maqolalar ro‘yxatini yaratib, maqola so‘nggida ko‘rsatib beradi. Yana bir ijobiy tomoni bu o‘sha ro‘yxatni RSS orqali ham ko‘rish mumkinligidir. Bu plaginning ishlashini ushbu blogda ko‘rishingiz mumkin.
Bundan tashqari, ushbu plagin blog o‘quvchilari uchun ham bir talay qulayliklarni yaratib beradi. Masalan, qidiruv tizimlari orqali kelgan o‘quvchilar nafaqat o‘zlari qidirib kelgan mavzu bo‘yicha, balki o‘sha mavzuga tegishli boshqa maqolalar bo‘yicha ham ma’lumotga ega bo‘ladilar.
O‘rnatish va foydalanish:
- WP23RP katalogini /wp-content/plugins/ katalogiga joylashtiring;
- Boshqaruv panelidagi “Plaginlar” bo‘limi orqali aktivlashtiring;
- Ushbu
< ?php wp23_related_posts(); ? >kodini shabloningizga qo‘shib qo‘ying; - Moslamalarni o‘zgartirish uchun boshqaruv panelidagi “Moslamalar” bo‘limidan WP23 Related Posts qismiga o‘ting.
Ushbu plagin ingliz tilida bo‘lib, moslamalari juda ham oson. Agar biron-bir qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, mavjud muammo haqida sharh qoldirsangiz, albatta yordam beraman. Vaqt topganimda albatta ushbu plaginni o‘zbek tiliga tarjima qilib, sizlarga bildiraman.
Teglar: plagin, qidiruv tizim botlari, SEO, tegishli maqolalar
Bo‘lim: Plaginlar, SEO, WordPress, Yo‘riqnoma |
So‘nggi maqolalar
Muhokama
- Sherzod SHermuxamedov:Saytga reklamani qo'ydim.
- UzBlogger:Sherzod, Reklamaga yo'q dem
- Sherzod SHermuxamedov:UzBlogger'ga Sizdan javob ke
- UzBlogger:Shuhrat Dehkanov, loyiha ko
- UzBlogger:Saloha, qaysi ma'noda? ko'z
- Shuhrat Dehkanov:UzNet'dagi ManUtd.uz uchun kir
- Saloha:s.a. fikr va loyiha uchun rah
- UzBlogger:Shuhrat Dehkanov, Juda ham
- Shuhrat Dehkanov:UzBlogger: > Qanday yordam
- Muxrim:Ancha o'zgaribdi, Uznet Blogro
Bo‘limlar
- Plaginlar (5)
- SEO (6)
- Shablonlar (4)
- Umumiy (7)
- Usability (3)
- UzNet (3)
- WordPress (23)
- Yo‘riqnoma (7)
Mashhurlari
- WordPress 2.5 brecker! - 802 views
- $5 themes club - UzBlogger.com o‘quvchilari uchun tuhfa - 640 views
- UzNet Blogroll - 342 views
- ProBlogger muallifi Darren Rowse tuhfasi - 308 views
- SEO: Mavzuga tegishli boshqa maqolalar ro‘yxati - 290 views
- WordPress 2.5 uchun tayyorgarlik - 284 views
- O‘zbek lotin alifbosi bilan bog‘liq muammo yechimi - 265 views
- SEO: Robots.txt faylini yaratish - 261 views
- Blog haqida fikringiz? - 258 views
- Simply-09 WordPress Shabloni o‘zbek tilida - 249 views