SEO: Sarlavha teglaridan foydalanish

Sarlavha teglaridan foydalanish

Blogda maqola yozishda uni ma’lum mantiqiy qismlarga bo‘lib yozish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o‘quvchilarga yetkazmoqchi bo‘lgan ma’lumotingizni ular tomonidan oson xazm bo‘lishiga yordam beradi. E’tiborli tomoni shundaki, maqolaning bosh sarlavhasi h1 tegi orasiga joylashtirish lozim. Maqolaning qismlariga tegishli sarlavhalarni esa h2, h3 teglari orasiga joylashtirish lozim.

Qidiruv tizimlarning munosabati

Qidiruv tizimi botlari p tegidan ko‘ra h1, h2, h3 kabi teglarga ko‘proq ahamiyat beradi. Shuning uchun ham maqolaning bosh va qism sarlavhalarini shunday teglar orasiga olib yozish maqola tarkibini qidiruv tizimi botlari tomonidan to‘laroq ravishda indeksatsiya qilinishiga hamda qidiruv natijalarida namoyon bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir muhim narsa, maqolaga tegishli sarlavhalar ixcham va mazmunli bo‘lishi lozim. Eng asosiysi, qidiruv tizimlari so‘rovlariga mos shaklda bo‘lishi lozim. Ya’ni, sarlavha qo‘yishdan oldin siz o‘zingiz bunday ma’lumotni qay tarzda, qanday shakldagi so‘rov yordamida qidirgan bo‘lardingiz – mana shundan kelib chiqishingiz kerak. Mana shunda aynan sizning maqolalaringiz qidiruv tizimlari natijalarida yuqori o‘rinlarda namoyon bo‘ladi.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in SEO, Yo‘riqnoma and tagged , , , , . Bookmark the permalink.

One Response to SEO: Sarlavha teglaridan foydalanish

  1. Pingback: Blog yuritish bo’yicha foydali maslahatlar « UzBlogger

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>