UzBlogger.com taqdim etadi — yaxshi yangilik
Hurmatli blog oq’uvchilari!
Oldingi maqolamizdan ma’lum bo‘lgani kabi, bugundan boshlab ushbu blogda UzNet deb nomlangan yangi bir rukn paydo bo‘ldi. Ushbu ruknni ochishdan maqsad, blog o‘quvchilari bilan UzNetdagi mavjud foydali resurslarni o‘rtoqlashish va bahslashishdir.
UzNet deb nomlashda jon bor. UzNet deganda men o‘zbek tilidagi resurslarni tushunaman. Avvallari ham aytib o‘tganimdek, .uz zonasidagi domenga ega bo‘lgan hamma sayt ham UzNet bo‘lib qolavermaydi. Bu albatta mening shaxsiy fikrim, boshqalarni ham shunday o‘ylashga majbur qilmayman. Lekin mantiqan o‘ylab ko‘rganda, UzNet deganda faqatgina o‘zbek tilidagi internet resurslarni tushunish lozim.
Hammamizga ma’lumki, hozirda o‘zbek tilida internet resurslari juda ham kam. Hammamiz ham barcha mavjud resurslarni bilmaymiz. Balkim foydali blog yoki sayt bordirki, balki bu haqda birimiz bilarmiz, boshqamiz esa yo‘q. Shuning uchun, kimda-kim mana shunday foydali hamda o‘zbek tilida bo‘lgan saytni bilsa, ushbu sayt haqida ushbu maqolaga sharh sifatida yoki mening email manzilimga(avazbek[at]gmail.com) yozib qoldirsangiz, albatta ushbu blogimizda boshqa o‘quvchilarga ham o‘sha resurs haqida ma’lumot yetkazib boramiz.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Ruknlar: internet resurs, rukn, UzNet
Fevral 25th, 2008, 8:08
Men o‘z blogimda o‘zbekcha yozaman — http://blog.bittabola.uz
Fevral 26th, 2008, 7:36
Bittabola, raxmat, sizning blogingiz ham boshqalar uchun foydali bo‘lib qoladi degan umiddaman.
Mart 8th, 2008, 6:41
Voydod!!! Bugun tarixiy kun!!! O‘zNet Arxeologiyasi uchun juda ham katta tarixiy kun!!! Man endi professor bo‘laman!
Qoyil! Nega ismingizni yozmadingiz? Yoki yozgan bo‘lsangiz man ko‘rmadimmi?
Rahmat Sizga! Blog uchun! Ishlaringiz uchun!
Yashavor o‘zbek!!!
Gap yo‘q! Blogiz bitta doimiy foydali-foydasiz-savol-beruvchi-foydalanuvchiga ega bo‘ldi… Tabriklayman!
Mart 8th, 2008, 6:28
Muxrim,
Xush kelibsiz! Ushbu blog sizga yoqqan bo‘lsa, hursandman. Ko‘proq qatnashib turasiz degan umiddaman