Blogingizni himoyalash usullari

Hammamizga ma’lumki, xavfsizlik har qachon birinchi o‘rinda turadi. Uyda ham, maishiy hayotda ham, hamma-hamma narsada xavfsizlik eng muhim o‘rin tutadi. Huddi shu narsa sizning blogingizga ham tegishli. Ushbu maqola orqali blogingizni himoyalash borasida muhim maslahatlarni yetkazmoqchimiz.

  1. Hech kim sizning butun serveringizni qidirish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak.

    search.php faylidagi ushbu kod o‘rniga quyidagi funktsiyadan foydalaning:

  2. WP-kataloglarini qidiruv tizimlari tomonidan indeksatsiya qilinishini oldini oling. Buning uchun robots.txt fayliga quyidagi qatorni kiritishni unutmang:

    Disallow: /wp-*

    Robots.txt faylini qanday yaratish bo‘yicha ushbu maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

  3. Blog kataloglari hech qachon boshqalar uchun ko‘rinmasligi kerak. Masalan, plaginlar katalogi ochiq bo‘lsa, blogingizdagi barcha plaginlar ro‘yxati hamma uchun ochiq holatda ko‘rinadi, ushbu plaginlarning birida xavfsizlik muammosi mavjud bo‘lsa, bundan g‘arazli maqsadlarda foydalanish mumkin. Shuning uchun /plugins/ katalogiga bo‘sh index.html faylini tashlab qo‘ying.
  4. Ko‘pchilik shablonlar WordPressning qaysi versiyasidan foydalanilayotgani haqidagi ma’lumotni ko‘rsatuvchi kodga ega. Bu kodni ham olib tashlash lozim. Chunki siz eskirib qolgan, xavfsizlik muammosi mavjud bo‘lgan versiyadan foydalanayotgan bo‘lsangiz, bunday kod orqali bilib olib, g‘arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin. O‘chirib tashlashingiz kerak bo‘lgan kod header.php faylida quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

  5. Serverdagi fayllar bilan ishlashda FTPdan ko‘ra SSH/Shell Accessdan foydalaning. Chunki FTP orqalo kiritgan ma’lumotlaringiz shifrlanmagan holda uzatiladi va boshqa taraf ushbu ma’lumotlarni qo‘lga kiritib olishi mumkin. SSH orqali esa barcha ma’lumotlar shifrlangan holda uzatiladi va xavfsiz hisoblanadi.
  6. WordPress, pluginlar, shablonlar va vidjetlarni doimiy ravishda yangi versiyalari chiqishi bilan yangilab turishni unutmang.

Hozircha sizlarga bildirmoqchi bo‘lgan maslahatlarimiz shulardan iborat. Kelgusida ham mana shunday foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashib turamiz. Yuqoridagilardan tashqari yana qanday xavfsizlik choralarini bilasiz? Bu haqda sharh qoldiring, keyingi maqolalarimizda albatta jamlagan holda boshqa o‘quvchilar bilan ham o‘rtoqlashamiz.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in WordPress, Yo‘riqnoma and tagged , , , , , . Bookmark the permalink.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>