UzNet Blogroll 29-Mart, 2008

Ko‘pchilik banya.uz saytini bilsa kerak. Bilmaganlar uchun aytib o‘tmoqchiman, ushbu sayt “uznet”dagi rus tilida bo‘lgan turli xil verbsaytlarning so‘nggi maqolalarini bir yerda jamlangan holda ko‘rsatib beradi. O‘quvchi esa sayt orqali qaysi saytlarda yangi maqolalar paydo bo‘lganligi, uning mazmunini mavzu nomlari orqali bilib, hohlasa to‘liq o‘qish uchun kerakli saytga o‘tadi. Xorijiy saytlarning to‘plami sifatida popurls.com sayti mavjud.

O‘zbek tilidagi resurslarning ham mana shunday jamlanmasini tuzish maqsadida, tajriba sifatida yangi bir sahifa ishga tushirildi: www.uzblogger.com/uznet. Hozircha ushbu sahifada o‘zbek tilidagi ba’zi bir resurslar ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu resurslar ro‘yxatini istagan kishi o‘zi yoqtirgan, foydali va asosiysi o‘zbek tilida bo‘lgan resurslar manzilini ushbu maqolaga sharhida qoldirsa, ushbu sahifaga qo‘shib qo‘yaman.

Lozim topilsa, ushbu sahifani alohida verbsayt sifatida alohida domenga o‘tkazishimiz ham mumkin va kengroq rivojlantirish mumkin. Kimda-kim o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lsa, marhamat. O‘z fikr va istaklaringizni yozib qoldiring.

Teglar: , ,
Bo‘lim: UzNet |

Muhokama:

  1. Muxrim ·

    Faqat lotin yozuvidagi saytlarmi?
    Bir tomondan yaxshi. Lekin kirillcha yozuvda ham yaxshi saytlar bor…

    Masalan: http://www.uff.uz

  2. Muxrim ·

    Noshukr bandamiz-da… :)

    Loyiha uchun katta rahmat!

  3. UzBlogger ·

    Muxrim,

    lotincha yozuvda bo‘lishi majburiy emas. O‘zbek tilida bo‘lsa bo‘ldi :)

    uff.uz - ular yangilik/maqolalarni RSS orqali uzatish tehnologiyasini yo‘lga qo‘yishmaganga o‘xshaydi, men RSS manzillarini topa olmadim. Arbuz forumida bu haqida so‘ragandim, hali jam javob bo‘lmadi. Ma’lumotlarni RSS orqali uzatishni yo‘lga qo‘yishsa, darhol qo‘shib qo‘yaman.

    Qanday qulayliklar, o‘zgartirishlar lozimligi haqida ham yozib qoldirishingiz mumkin.

  4. UzBlogger ·

    Birinchi o‘rinda mana shu loyiha uchun logotip chizib berishni uddalaydigan o‘quvchilar bo‘lsa, o‘z talantlarini ishga solgan holda yordam berishsa yaxshi bo‘lardi :)

  5. Muxrim ·

    uff.uzning RSSi - http://www.uff.uz/news/rss.html

    Balki shu Siz so‘ragan narsadir? Yaxshi, tushunmayman-u, lekin oxiri .html ekanligiga o‘zim ham hayron qolaman :)

  6. Muxrim ·

    O‘v… Sahifaning tepasidagi mana bu yozuv juda ham yoqdi. Yoqqani ham gapmi: haqiqiy UzNet mana shu yerda!

    Haqiqiy UzNet! :) Hammasi haqiqiy UzNet uchun!

  7. Muxrim ·

    Avgustdan keyin aniq bitta zo‘r logo chizib beraman! Web 2.0 formatda :) Javob!

    Nega hozir emasligiga sabab, chunki hozir qanaqa qilib o‘sha logoni qilishni bilmayman. Lekin kallamga kelgan g‘oyani shu yerda yozib qoldirsam, noto‘g’ri bo‘lmas?

    Xullas, Uznet va Blogroll yozuvlari qaysidur Web 2.0 shriftida :), ularning orasida esa do‘ppining yana o‘sha web 2.0 uslubidagi rasmi. Manimcha, yomon chiqmasa kerak. O‘zimcha tasavvur qilib ko‘rganimda, o‘zimga yoqdi… :)

  8. UzBlogger ·

    Muxrim, raxmat. UFF.uz saytini ham qo‘shib qo‘ydim. Saytni qarab topa olmagandim :/

    Logo bo‘yicha fikrlar yaxshi, balkim boshqa bir blog foydalanuvchisi chiziv ko‘rsatar =) kutamiz =)

  9. UzBlogger ·

    yana 4-5 ta shunaqa o‘zbek tilidagi, yaxshi resurslar topilsa(!) ularning mavzusi bo‘yicha bo‘limlarga bo‘lib ko‘rsatadigan qilish niyat bor. Masalan, ITga oid resurslar alohida qator(lar)da, madaniyatga oidlari alohida bir qatorda, sportga oidlari bir qatorda va hokazo…

  10. Muxrim ·

    Mavzuviy jihatdan bo‘lish kerak, deb yozmoqchi edim, yozib qo‘yibsiz :)

    Sport yoki futbol degan bo‘lim bo‘ladigan bo‘lsa har xil fan-klublarning saytlaridan ham translyatsiya qilsa bo‘ladimi? Ruhsat bormi deyman-de? :)

    Agar shunaqa bo‘lsa:
    http://www.paxtakor.info/news/rss
    http://www.lokomotiv.tash.uz/news/rss
    http://manutd.uz/rss.php
    va yana nimalardir bor…

    Keyin o‘zbekcha bloglar, JJlarni alohida kategoriya qilish kerak. Manimcha :) Bitta lentada o‘qish oson ham vaqtni tejaydi :)

  11. UzBlogger ·

    Muxrim,

    Resurslar uchun raxmat. Men hammasini qarab, Blorollni mantiqiy tematik qismlarga bo‘lishni ham o‘ylab, natijasini e’lon qilaman. O‘zbekcha bloglar va JJlar manzillarini qoldirsalaringiz, yaxshi bo‘lardi. Men bilganlarimni qo‘shib qo‘ydim.

  12. ssanjarr ·

    Bool.uz’dan olingan rasmlar uchun kotta rahmat. Osha erda glavniy

    Yana bir rss’ga link bor. Bool.Uz’ni bosh sahifasiga chiqarilgan bloglar royhati.

    Lozim bo‘lsa qoshila
    http://www.bool.uz/profiles/blog/feed?promoted=1&xn_auth=no

  13. UzBlogger ·

    Mana bo‘limlarga ham bo‘lib qo‘ydim. Yana qanday bo‘limlar lozim va qanday resurslarni qo‘shishimiz kerak?

  14. UzBlogger ·

    Sherzod,

    Rahmat. Saytingizdan RSS manzilini topa olmagandim. Tez orada ushbu saytni ham qo‘shib qo‘yaman.

  15. Sherzod SHermuxamedov ·

    OK. Rahmat. Ishingizga omad!

  16. UzBlogger ·

    Sherzod,

    comsoft’ni qo‘shib qo‘ydim.

  17. Sherzod Shermuxamedov ·

    Rahmat. Iltimos, agar iloji bo‘lsa Sarlavhasidigi Comsoft.vo.uz ni ComSoft.uz’ga o‘zgartirsangiz. Saytning nomi shunaqa.

  18. UzBlogger ·

    Sherzod,
    Sarlavhasini siz aytgandek o‘zgartirib qo‘ydim.

    Loyiha tashqi ko‘rinishi butunlay o‘zgardi. Undan tashqari, ko‘pchilikning talabiga binoan, hamma feedlar bir sahifada ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

  19. Sherzod SHermuxamedov ·

    OK, rahmat. Agar ma’qul kelsa saytni comsoft.uz’da reklama qib qo‘yaman. faqat emblema tanlash kerak.

  20. Muxrim ·

    Ancha o‘zgaribdi, Uznet Blogroll ham, Uzblogger dizayni ham.

  21. Saloha ·

    s.a.
    fikr va loyiha uchun rahmat.

    faqat, uznet sahifasini strukturizatsiya qilish mumkinmi,
    kuzga yoqimliroq ko‘rinishi uchun??

  22. Shuhrat Dehkanov ·

    UzNet’dagi ManUtd.uz uchun kiritilgan blogroll noto‘g’ri ishlamoqda, barcha bog‘lar uzblogger.com/uznet manzilini ko‘rsatyapti.

  23. UzBlogger ·

    Saloha,

    qaysi ma’noda? ko‘zga yoqimliroq ko‘rinishi deganda dizaynni aytyapsizmi? sizningcha qanday o‘zgartirishlar kiritish kerak?

  24. UzBlogger ·

    Shuhrat Dehkanov,

    loyiha kodi o‘zgartirilmagan. nima sababdan bunday bo‘layotganini men ham tushunadim. o‘ylab ko‘raman. Raxmat!

  25. Sherzod SHermuxamedov ·

    UzBlogger’ga
    Sizdan javob kemadi: Sizga ma’qul kesa saytni reklama qilaman digandim…

  26. UzBlogger ·

    Sherzod,

    Reklamaga yo‘q demayman albatta roziman. Lekin loyihaning logosi mavjud emas. Siz logo so‘raganingiz uchun javob bera olmagandim. O‘zingiz hohlagan ravishda reklama qilishingiz mumkin albatta. Bundan hursand bo‘laman holos =)

  27. Sherzod SHermuxamedov ·

    Saytga reklamani qo‘ydim.

Ushbu XHTML teglardan foydalanish mumkin: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>