Theme Tester 0.3 11-Aprel, 2008
Mening shaxsiy blogim tashrifchilari blog shablonining nima uchun tez-tez almashib turishi haqida so‘rashgan edi. Men shaxsiy blogimda o‘zimga yoqqan shablonlarni sinab ko‘raman va tarjima qilayotganimda jonli ravishda o‘zharishlarni ko‘rib turaman. Shuning uchun ko‘pincha blog shabloni almashib turadi.
Bugun esa juda ham foydali bir plaginga duch keldim. Bu plagin Theme Tester deb nomlanadi. Ushbu plaginning vazifasi menga o‘xshagan blog egalari uchun o‘zlari yoqtirgan shablonlarni bemalol jonli ravishda sinashda yordam berish va blog tashrifchilari uchun noqulaylik tug‘dirmaslikdir. Ya’ni, blog egasi istagan shablonini sinashi mumkin va bu vaqtda blog tashrifchilari hech qanday o‘zgarishlarni sezmagan holda, blogning joriy shablonida bemalol blogda kezib yurishlari mumkin.
Yuklab olish | Plagin muallifi | Plagin vebsayti | Hajmi 2,22 КБ
Ushbu plaginni o‘rnatish uchun yuqoridagi faylni ko‘chirib olgandan so‘ng uni wp-content/plugins/ katalogiga joylashtiring. Boshqaruv panelidagi Plaginlar bo‘limidan aktivlashtiring. So‘ngra shablon sinovini aktivlashtirish uchun Dizayn -> Theme Tester bo‘limidan aktivlashtiring. Bundan keyin aktivlashtirgan barcha shablonlaringiz blog tashrifchilari uchun ko‘rinmaydi, faqat siz o‘zingiz ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ma’lum bir shablonni hamma uchun aktivlashtirish uchun Theme Testerni (Dizayn -> Theme Tester) o‘chirgan holda istagan shablonni Shablonlar bo‘limidan tanlang.
Teglar: plagin, shablon, theme tester
Bo‘lim: Plaginlar |
So‘nggi maqolalar
Muhokama
- Sherzod SHermuxamedov:Saytga reklamani qo'ydim.
- UzBlogger:Sherzod, Reklamaga yo'q dem
- Sherzod SHermuxamedov:UzBlogger'ga Sizdan javob ke
- UzBlogger:Shuhrat Dehkanov, loyiha ko
- UzBlogger:Saloha, qaysi ma'noda? ko'z
- Shuhrat Dehkanov:UzNet'dagi ManUtd.uz uchun kir
- Saloha:s.a. fikr va loyiha uchun rah
- UzBlogger:Shuhrat Dehkanov, Juda ham
- Shuhrat Dehkanov:UzBlogger: > Qanday yordam
- Muxrim:Ancha o'zgaribdi, Uznet Blogro
Bo‘limlar
- Plaginlar (5)
- SEO (6)
- Shablonlar (4)
- Umumiy (7)
- Usability (3)
- UzNet (3)
- WordPress (23)
- Yo‘riqnoma (7)
Mashhurlari
- WordPress 2.5 brecker! - 802 views
- $5 themes club - UzBlogger.com o‘quvchilari uchun tuhfa - 640 views
- UzNet Blogroll - 342 views
- ProBlogger muallifi Darren Rowse tuhfasi - 308 views
- SEO: Mavzuga tegishli boshqa maqolalar ro‘yxati - 289 views
- WordPress 2.5 uchun tayyorgarlik - 284 views
- O‘zbek lotin alifbosi bilan bog‘liq muammo yechimi - 265 views
- SEO: Robots.txt faylini yaratish - 261 views
- Blog haqida fikringiz? - 258 views
- Simply-09 WordPress Shabloni o‘zbek tilida - 249 views