Kompyuterdan uzoqdagi dizayn

Yoqadimi-yo’qmi, hayot bizni ko’pincha kompyuterdan uzoqlashtiradi. Uydan tashqariga hamda buyuk tabiat qo’yniga. Faqatgina Eyedropper asbobi qo’l ostida emasligi sizning ichki dizaynerlik hissiyotingizni cheklashingizga sabab bo’la olmaydi. Ushbu maqolada kompyuterdan uzoqda bo’lgan paytlaringizda qanday qilib dizayn bilan hamnafas bo’lishingiz mumkin bo’lgan yechimlar keltirilgan.

Daftar va qalam olib yuring

Field Notes daftar mahsuloti
Ajoyib ideyani yozib olishga ulgurmasdan, boshqa fikrlar oqimi orasida uni yo’qotib qo’yishdan yomonroq vaziyat bo’lmasa kerak. Kompyuterda bo’lsangiz, tug’ilgan qimmatbaho fikrlaringizni darhol kiritib qo’yishingiz osonroq kechadi, lekin uzoqdaligingizda eng yaxshi asbob bu sizning ishonchli daftar va qalamingizdir. Field Notes juda ham qoyilmaqom qilib ishlab chiqarilgan, dizaynerbop daftarlar sirasiga kiradi.

Tipografikani ko’zdan qochirmang

Made in Oregon yozuvi
Tashqi dunyo ajoyib ilhomlantiruvchi tipografikaga boy. Juda ham daxshatli va yomon tipografikaga undan ham boyroq. Hech birini ko’zdan qochirmang! Yaxshi tipograf bo’lishning bir qismi bu yomon tipografikani tushuna bilish. Amaliyotda qo’llash uchun ba’zi stikkerlardan ham foydalanishingiz mumkin.

Ilhom - hammayoqda

Graffiti tasviri
Eng zo’r dizayn namunalarining ba’zilari grafik dizaynerlar tomonidan yaratilmaydi. Ular arxitektorlar, rassomlar, gulchilar, graffiti chizuvchilar yoki istalgan narsani vizual tarzda aks ettira oladigan hohlagan kishi tomonidan yaratilishi mumkin. Agar sizning ko’rganingiz faqat grafik dizayn bo’lsa, bu haqda unutgan ko’rinasiz.

Boshqalarning dizayn bilan kirishishini kuzating

Jurnal do‘koni
Grafik dizaynning o’ziga xos tomoni undan foydalanishni ko’zda tutilganligidir. U ba’zan ma’lum bir fikrni yetkazish, biror narsani sotish yoki biror ma’lumotni yetkazishga xizmat qiladi. To’xtab, e’tibor bersangiz, ko’cha to’la odamlar ma’lumotni mana shunday tarzda iste’mol qilishadi. Biror kishi avtobus yo’nalishi jadvaliga qarab, anglamagan holatda turibdimi? Nega? Dizayner qayerda xatolikka yo’l qo’ygan? Kimdur biror qo’shiqchi guruh tasviriga ko’zi tushib, darhol boshini chayqadimi? Balkim u o’sha tasvirdan o’ziga kerakli narsani topganiga hursand bo’lgandir. Vizual ishoralar bu kabi ravshan bo’lmasligi mumkin, lekin ular mavjud.

Dam oling

Kompyuter ishi aqliy jihatdan o’ta og’ir, charchatadigan bo’lishi mumkin. Ba’zan undan yiroqlashish, ya’ni aqliy tanaffus qilish bu bekorga yo’qotilgan vaqt emas, aksincha bu aqliy battareyalaringizni qayta kuchlantirish hisoblanadi. Yaxshi dam olgan miya yaxshiroq ishlaydi.

*Original [inglizcha]

Ruknlar: , , ,

Printerdan chiqarib olishingiz mumkin

“Kompyuterdan uzoqdagi dizayn”ga 2 ta mulohaza

  1. avaz.blogger.uz dediki:

    [...] http://www.uzblogger.com/2008/06/13/kompyuterdanuzoqdagidizayn.html [...]

  2. If you can’t read Uzbek, just assume it’s love. dediki:

    [...] for the link from Lexi at Wait Come Back, and some international love from Uzbekistan and Serbia. We need to start collecting shot glasses from our travels. Better yet, new rule: anyone [...]

Mulohaza qoldiring