Firefox 3 Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

Firefox brauzeri o‘zining eng mashhur brauzer ekanligini yana bir bor isbotladi. Bir necha kun oldin chiqarilgan eng yangi versiya – Firefox 3 bir sutka ichida eng ko‘p ko‘chirib olingan dastur sifatida Ginnes rekordlari kitobidan joy oldi. 18-iyun kuni 1 sutkaning ichida ushbu brauzer 8,002,530 million marta ko‘chirib olindi. Bu bilan Firefox brauzeri nafaqat rekord sohibi bo‘ldi, balki boshqa brauzerlar orasida o‘z obro‘sini anchagina mustahkamlab ham oldi. Mozilla Firefox ma’muriyati ushbu rekordda qatnashgan har bir foydalanuvchi uchun sertifikatlar ulashmoqda. Albatta bu sertifikatlar majoziy bo‘lishiga qaramay, ular haqiqatdan ham o‘z foydalanuvchilarini unutmasliklarini, ushbu foydalanuvchilarsiz bunday darajaga ko‘tarila olmasliklarini dalili sifatida tuhfa etishmoqda.

Firefox Download Day 2008

Eslatib o‘taman, Firefox brauzeri Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilib, ta’minlab kelinmoqda. Ushbu brauzerning rivojlanishida ko‘plab mustaqil foydalanuvchilar hamda yirik jamoatchilik o‘zining hissasini qo‘shib kelmoqda. Asosan o‘zining 2-versiyasi bilan juda katta e’tiborni qarata olgan brauzer, 3-versiyasi bilan “brauzerlar urushida” eng asosiy raqib bo‘lib qolishini isbotlab berdi. Firefox 3 oldingi versiyalarda mavjud bo‘lgan hamda foydalanuvchilar tomonidan qo‘shimcha sifatida kiritilgan 15,000 dan ortiq tuzatish va qo‘shimchalardan iborat. Agar siz hozirgacha ushbu dasturdan bexabar bo‘lsangiz, darhol uni ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingizni maslahat beraman.

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter ยท Facebook
This entry was posted in Umumiy and tagged , , . Bookmark the permalink.

2 Responses to Firefox 3 Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi

  1. Behzod says:

    Mozilla notijorat tashkilot. To‘g’rirog‘i fond hisoblanadi. Maqolada “Firefox brauzeri Mozilla kompaniyasi tomonidan yaratilib, rivojlantirib kelinmoqda.” deb yozilibdi. Firefox erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot ekanligini va bu loyihaga ko‘pdan ko‘p Mozilla’ga hech qanday aloqasi bo‘lmagan kishilar ham o‘z hissasini qo‘shishini aytib o‘tish lozim…

  2. Albatta, ushbu brauzer hozirgi kundagi yutuq va muvaffaqiyatlarga juda ham yirik sonli muxlislari va jamoatchilik yordamida erishdi va buni aytib o‘tish maqsadga muvofiq, rahmat. Mozilla korporatsiyasi esa ushbu loyihani ta’minlab, boshqarib kelmoqda. Yuqorida aynan mana shu narsani nazarda tutgan edim.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>