Blogging asoslari: Blog dasturlari

Blog dasturi barcha qiyin, texnik vazifalarni o‘z bo‘yniga oladi. Sizdan talab qilinadigan narsa bu faqat va faqat yozish, dastur qolgan hamma ishni o‘zi bajaradi. Bunday blog dasturlari juda ham ko‘p, lekin biz faqat 4ta eng yaxshi dasturlar haqida gaplashamiz.

Blog xizmatlari

Wordpress.com — Bu tizim WordPress blog dasturi asosida ishlaydi. Ushbu saytda ro‘yxatdan o‘tganingizda siz test.wordpress.com shaklidagi subdomenga ega bo‘lasiz. Blog tashqi ko‘rinishini o‘zgaritirish uchun undagi bepul shablonlardan birini tanlashingiz mumkin va shu bilan blog tayyor bo‘ladi. Agar blog xizmatidan foydalanish niyatingiz bo‘lsa, uhsbu xizmatdan foydalanishingizni maslahat beraman.

Blogger — bepul blog xizmatlari ichida eng yirigi hisoblanadi va blog tashqi ko‘rinishini moslash uchun juda ko‘p shablonlarga ega. Bundan tashqari yana bir nechta qulayliklar va xizmatlarga ega.

Shaxsiy blog

Wordpress.org — WordPress bepul, veb-standardlarga asoslangan, qulay va eng zo‘r blog dasturidir. Bundan tashqari juda ham ko‘p foydalanuvchilar hamjamiyatiga ega. Blog yuritish borasida eng oldi dasturlardan bo‘lib, minglab shablonlar va plaginlarga ega. Bularning yordamida siz qulay va funksional blog sohibiga aylanishingiz mumkin. Agar o‘zingiz blog o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, aynan WordPress blog dasturidan foydalanishni maslahat beraman.

MovableType — Bu dasturdan o‘zim shaxsan hech qachon foydalanmaganman. Yaqin o‘tmishgacha bu dastur pullik hisoblangan edi, yaqindagina bepul bo‘ldi. Ko‘pchilik MovableType tarafdorlari uning eng yaxshi dastur ekanligini ta’kidlab kelishadi.

Ushbu turkumdagi maqolalar mundarijasi:
0. Yo‘riqnomaga xush kelibsiz!
1. Blog bu nima?
2. Blog qanday sahifalardan iborat bo‘lishi kerak?
3. Mavzu tanlash
4. Blogni joylashtirish
5. Blog dasturlari
6. Blog yuritish bo‘yicha foydali maslahatlar

Tags: , , , , , , ,

Leave a Reply