Tab asosida qurilgan interfeyslar asosan vebsayt yoki blogdagi ma’lumotlarni ihchamlashtirish uchun qaratilgan. Ular ko‘pincha sahifaning yon qismida joylashgan bo‘ladi.
Oddiy tablardan tashqari “Akkordion” tablar ham mavjud bo‘lib, bunday turdagi tab asosan Apple kompaniyasi vebsayti sahifalarida namoyish etilgan.
“Tabbed Widgets” deb nomlangan plagin aynan sizga mana shu shakldagi tablarni yaratishda juda ham as qotadi. Ushbu plagin mavjud vidjetlarni oddiy yoki akkordion uslubidagi tablarga aylantirib beradi. Ushbu plagin yordamida bir necha soniyada juda ham ihcham va qulay tablarga ega bo‘lasiz. Undan foydalanish juda ham oson.
- Avval ushbu plaginni WordPressning rasmiy plaginlar sahifasidan ko‘chirib olamiz.
tabbed-widgetskatalogini/wp-content/plugins/ichiga joylashtiramiz.- Plagin boshqaruvi sahifasi orqali uni aktivlashtiramiz.
- Tabli vidjet yaratish uchun Design → Tabbed Widgets sahifasini ochamiz.

Yuqoridagi tasvirda ko‘rganingiz kabi, kerakli bo‘lgan vidjetlarni tanlaysiz va tab turini tanlaysiz. Kerakli moslamalarni belgilab olgandan so‘ng, Design → Widgets sahifasiga o‘tib yaratilgan vidjet(lar)ni qo‘shib olasiz.
Natijada quyidagiga o‘xshagan tablar hosil bo‘ladi:


Yaratilgan tablarning stilini moslab olish uchun js/uitabs.css fayliga murojaat eting.
Ushbu blogning yon qismida yuqoridagi plaginning natijasini “jonli” tarzda ko‘rishingiz mumkin.