Matt Mullenweg bilan suhbat

Matt Mullenweg

O‘zbekiston haqida eshitganmisiz? Eshitgan bo‘lsangiz, bizning mamlakatimiz va UzNet haqida nimalarni bilasiz?
Matt: Yo‘q, eshitmaganman.

Qanday omillar o‘zbek blogosferasining rivojlanishi va bloggerlar sonining o‘sishiga tezlashtirishga yordam berishi mumkin? Nima deb o‘ylaysiz?
Matt: Mening fikrimcha, eng muhim narsa bu jamoaviy ruhni rivojlantirish, xato va muvaffaqiyatni boshqalar bilan bo‘lishish. Tez muddatda juda ham yirik bo‘lib ketishni o‘ylash kerak emas — har bir jamoa bir vaqtda faqat bir kishini rivojlantiradi.

WPMU asosida yaratilayotgan yangi ijtimoy tarmoq qurish dasturi BuddyPress menda juda ham chuqur taassurotlar qoldirdi, uning yaratilish bosqichini boshidan kuzatib yuribman. Bundan tashqari yangi forum dasturi — TalkPress yaratmoqchi ekanligingiz haqida ham eshitgandim. Uning imkoniyatlari, foydalari va uning qachon e’lon qilinishi haqida ma’lumot bera olasizmi?

Matt: WordPress.com WordPress dasturi uchun qanday bo‘lsa, TalkPress ham bbPress uchun shunday bo‘ladi. (Ya’ni u yerda istagan kishi o‘zining forumini yaratish imkoniga ega bo‘ladi.) Agar qiziqsangiz bbPressni kuzatib boring.

WordPressni yaratish jarayonida nima sizni ilhomlantirgan? Bu jarayonni oxiriga yetkazishga nima yordam bergan?

Matt: Men barcha narsadan ilhomlanganman, lekin end asosiysi uning dizaynidan, foydalanishdan va men o‘zim yoqtirgan blog standardlaridan ilhomlanganman.

Men o‘zim ham WordPressdan foydalanaman, shuning uchun dastur tayyor bo‘lmasdan va uni qobiliyatli qo‘llarga topshirmasdan turib bu ishni tashlab qo‘ya olmasdim.

WordPressning inqilobiy blog dasturi bo‘lishiga qachon tushunib yetgansiz? Uni yaratishdan avvalmi yoki bir necha yuz ming yuklab olinishlardan keyinmi?

Matt: Yaratilish jarayonidan 4 yil o‘tgandan so‘ng, balki.

WordPressni bu qadar mukammal va kuchli qiluvchi asosiy omillar nima?
Matt: Dasturning o‘zagini biz tez, yengil va barcha uchun yaroqli qilishga chin dildan harakat qilamiz. Ko‘pchilik foydalanuvchilarni esa WordPress minglab plaginlar va shablonlari bilan o‘ziga tortadi.

Nima deb o‘ylaysiz, yaqin kelajakda WordPressni orqada qoldirib ketadigan, uni yo‘q qilib yuboradigan yangi blog dasturi yaralishi mumkinmi?

Matt: Albatta, har paytda har narsa yaralishi mumkin. Lekin WordPress GPLligi uchun uning o‘rniga keladigan dastur WordPressning o‘zagi asosida bo‘ladi.

Bilaman, qarta borasida omadsiz ekansiz, lekin qaysi sohada o‘zingizni eng baxtli deb bilasiz?
Matt: Sevgida.

Dunyo bo‘ylab juda ko‘plab WordCamp tadbiri uyushtirilmoqda va aksariyat hollarda siz ham ularda ishtirok etib turasiz. Agar O‘zbekistonda ham mana shunday WordCamp tadbiri tashkil qilinsa, bu yerga kelib, ko‘rishni hohlarmidingiz?

Matt: Balkim. Men oldin uni(O‘zbekistonni) xaritadan topib olishim kerak ;)

Men iloji boricha ko‘proq WordCamp tadbirlarida ishtirok etishga harakat qilaman lekin, to‘g’risini aytsam, 20dan ortig‘ida ishtirok etolmayman, aks holda WordPressni rivojlantirish uchun vaqtim qolmaydi.

Bizning o‘zbek o‘quvchilarimiz va WordPress foydalanuvchilarimizga tilaklaringiz?
Matt: Internet barcha uchun teng imkoniyat yaratib beradi, o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan narsani sizning intilishingizdan bo‘lak hech narsa ta’qiqlay olmaydi. Televizorni o‘chirib qo‘ying. :) Bunday boy ma’lumotlar makonida o‘zingizni doimiy ravishda rivojlantiring.

Matt Mullenweg haqida ushbu maqola orqali tanishib olishingiz mumkin.

Payshanba, Fevral 26th, 2009 Blogging, Intervyu, WordPress, WordPress MU bo‘limida chop etildi.

Muhokama (2)

  1. Suhbat uchun rahmat. O‘zbekiston haqida u bu narsa jo‘natvoring Mattga, Samarqand – Buxorodan olingan rasmlarnimi… :)

  2. Behzod,

    O‘zbekiston haqida yaxshiroq sayt topsam albatta yuboraman =)

Ishtirok etish