WordPressning orziqib kutilgan 2.8 versiyasi e’lon qilindi.
WordPress 2.8ni ushbu sahifa orqali ko‘chirib olishingiz mumkin yoki Boshqaruv paneli orqali (Tools » Upgrade) yangilab olishingiz mumkin.
Shaxsan men bir necha bloglarni yangilashda bir muammoga duch keldim. WordPress boshqaruv paneli orqali yangilamoqchi bo‘lganimda, eng so‘nggi versiyadan foydalanayotganligimni va yangilashga hojat yo‘qligi haqida xabar ko‘rsatildi. Aslida esa, eng so‘nggi versiya — 2.8 edi. Ushbu muammo nima sababdan yuz berganini bilmadim, lekin bu muammoni hal qildim.
Bu muammoni hal qilish uchun, yangilash sahifasidagi(Tools » Upgrade) “re-install Automatically”, ya’ni avtomatik tarzda ayni versiyani qaytadan o‘rnatish tugmasini bosamiz. Mavjud versiya yangilangandan so‘ng, 2.8 versiyasi nashr etilganligi va yangilash talab etilishi haqida xabarni o‘qiymiz. Shundan so‘ng, odatdagidek eng so‘nggi versiyaga yangilab olamiz.
Albatta bir narsani unutmangki, yuqoridagi muammoni hal qilishdan oldin ma’lumotlar bazasi va WordPress fayllarini kompyuterimizga ko‘chirib qo‘yamiz. Yangilash paytida kutilmagan xatolik yuzaga kelib, ma’lumotlarga putur yetadigan bo‘lsa, oldindan saqlab qo‘yilgan nusxa yordamida yo‘golganlarni qayta tiklash imkoniyat bo‘ladi.
WP 2.8 versiyasining eng ko‘zga tashlanadigan yangiligi nimada? 2.7 versiyasi bilan qanday farq qiladi? Faqat securitylaridan tashqari . . .
http://www.uzblogger.com/2009/03/07/wordpress-28-nimalarni-kutish-mumkin.html