Mutaxassis bo‘lishda blogning o‘rni.

Blog yuritishdan maqsad hammada xar hil bo‘lishi mumkin. Kimdur blog yuritishdan zavq olsa, yana kimdur vaqtini bekorchi narsalarga sarf qilmasdan, blog o‘quvchilariga foydasi tegishi uchun yuritadi. Lekin blog yuritishdan nima foyda? To‘g’ri, hamfikrlar topish mumkin, do‘stlar orttirish mumkin, lekin blog yuritish yana qanday yordam berishi mumkin?

Ushbu savolga blog yuritish ma’lum bir sohada mutaxassis bo‘lib yetishishga yordam beradi deb javob olsangiz hayron bo‘lishingiz turgan gap. Qanday qilib deysizmi? Juda ham oson. Blog yuritish uchun biron-bir sohada mutaxassis bo‘lishingiz shart emas. Lekin, blog yuritish natijasida siz mutaxassis bo‘lib yetishishingiz mumkin. Masalan, o‘zingiz yaxshi tushunmaydiga sohani oling — futbolga tushunmasangiz futbol, Linux OT haqida bilmasangiz Linux va hokazo.

Endi ushbu mavzu haqida blog yuritasiz. Blog yuritish uchun sizga mavzu kerak, lekin siz bu sohani tushunmasangiz, nima haqida yozasiz? Javobi oddiy — o‘rgangan narsangiz haqida yozasiz. Yangi narsa haqida o‘rganishning eng yaxshi yo‘li bu o‘sha mavzuda izlanish.

Buning uchun tanlagan mavzuingiz haqida eng mashhur 3-4ta vebsaytni topasiz, masalan qidiruv tizimi yordamida. Ushbu sohada chop etiladigan 1-2ta gazeta va jurnallarni o‘qishni boshlaysiz. O‘sha saytlarda sharh qoldirishga harakat qiling, muhokamada qatnashishni boshlang. Mana shu qadam sohani o‘rganishdagi ilk qadamingiz hisoblanadi. Blog yuritar ekansiz, o‘zingiz tushunmagan joylarini ham chop etishdan uyalmang. Chunki sizning blogingizni o‘quvchilari sizga tushuntirib berishi yoki siz bilan birgalikda o‘rganishi, izlanishi mumkin. Shuning uchun blog o‘quvchilarini muhokamaga chorlang, ular bilan suhbatlashing. Qisqa muddatdan so‘ng, tanlagan sohangizda mutaxassis bo‘lib yetishishingiz mumkin. Hech bo‘lmaganda ushbu sohaning pirlari bilan bemalol tortishadigan bo‘lasiz. Oddiy blog yuritish orqali mana shunday imkoniyatlar yuzaga kelishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

About Avaz Ibragimov

Asosiy vaqtini ishga, bo'sh vaqtlarini esa ushbu blogni hamda blogger.uzni rivojlantirishga bag'ishlagan. Kuzatish uchun: Twitter · Facebook
This entry was posted in Blogging and tagged , , . Bookmark the permalink.

2 Responses to Mutaxassis bo‘lishda blogning o‘rni.

  1. Ulashish tugmasi ayni muddao bo‘pdi-daa :)

  2. Adham Kurbanov,

    Foydasi tegib qolar deb umid qilgan edim, hursandman :)

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

*

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>