WordPress O‘zbekiston 6-Aprel, 2008

WordPress O‘zbekiston

WordPress rasmiy vebsaytining o‘zbek tilidagi sahifasi mavjudligi haqida eslatib o‘tmoqchi edim. Endi O‘zbekistonlik tashrifchilar wordpress.org saytida yuqoridagi rasmdagi kabi yozuvni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi (WordPress is also available in O‘zbek tili.).

Shu bilan birgalikda aytib o‘tmoqchimanki, mana shu vebsaytni rivojlantirish, WordPress, bbPress kabi dasturlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam berish, hamda yordamchi forumlarda boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish kerak. Mana shu borada yordam berish hohishingiz bo‘lsa, juda ham hursand bo‘lardim. Hozircha uz.wordpress.org saytida Shuhrat Dehkanov, Mashrab Buranov kabi do‘stlarimiz qatnashib, o‘z hissalarini qo‘shib turishibdi. Agar siz ham yordam bermoqchi bo‘lsangiz, murojaat qilishingiz mumkin. Istalgan yordamga ham hursand bo‘lamiz.

Qanday yordam berishingiz mumkin?
- WordPressni tarjima qilish;
- bbPressni tarjima qilish;
- WordPress/bbPress yordamchi forumlarida boshqa foydalanuvchilarga yordam berish;*
- WordPressning o‘zbek tilidagi vebsayti hamda yuqoridagi boshqa jarayonlar haqida o‘z yaqinlaringizga, do‘stlaringizga bildirish.

*WordPress/bbPress dasturlari bo‘yicha yordamchi forumlar hozircha mavjud emas, lekin tez kunlarda tayyor bo‘ladi degan umiddaman.

Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlar borasida o‘z mulohazalaringiz mavjud bo‘lsa, yozib qoldiring. Ushbu jarayonlarni rivojlantirish borasida takliflaringiz bo‘lsa, hamma bilan birgalikda muhokama qilishga tayyormiz.

E’tirboringiz uchun rahmat!

Teglar: , , ,
Bo‘lim: Umumiy | Muhokama →

v3 26-Mart, 2008

Hurmatli blog o‘quvchilari,

Ayni vaqtda ushbu blogning shabloni o‘zgartirilmoqda hamda barcha aktiv plaginlar yangilanmoqda. WordPressning yangi versiyasi chiqishi arafasida, bir nechta plaginlar yangi versiyalarini chiqarishmoqda, shuning uchun o‘z vaqtida yangilab olish lozim. Ushbu blog WordPressning 2.5 RC2 versiyasida ishlamoqda.

Bundan tashqari yana bir muhim yangilikni xabar qilmoqchiman. Tez kunlarda yangi shablon to‘la o‘rnatib olingandan so‘ng, ushbu blogda forum ochiladi. Bu forumning mohiyati haqida keyinroq to‘liq ma’lumot beraman. Forum albatta bbPress asosida ishlaydigan bo‘ladi.

Bu xabarlar bilan yangiliklar tamom bo‘lgani yo‘q :) Yana bir muhim bo‘lim bu mehmon bloggerlar tomonidan ushbu blog uchun maqolalar yozish/yuborish bo‘limidir. Bu haqida to‘liq ma’lumotni ham bo‘lim ishga tushish arafasida chop etaman.

Boshqa foydali/kerakli xizmatlar, bo‘limlar lozim deb o‘ylasangiz, bemalol yozib qoldirishingiz mumin va umid qilamanki birgalikda shunday yangi xizmatlarni amalga oshiramiz.

Teglar:
Bo‘lim: Umumiy | Muhokama →

“$5 themes club” uchun kupon 26-Fevral, 2008

Hurmatli blog o‘quvchilari!

Bundan oldinroq chop etilgan yangilikka qo‘shimcha sifatida shuni aytib o‘tmoqchimanki, “$5 themes club” klubiga UzBlogger.com yordamida bepul a’zo bo‘lish uchun ushbu sahifani ochib, “Order Now” tugmasini bosasiz, keyingi sahifada esa “Add to Cart” tugmasini bosasiz. Ochilgan sahifada ikki marotaba qaytarib yozilgan “Subscription - Themes Club” qism mavjud, ularning birini [Remove] bo‘gini bosgan holda o‘chirib yuborsangiz “Total Recurring: $5.00 USD Annually” qoladi. Bundan so‘ng “Promoional code” degan joyga uzblogger3789ux kodini kiritasiz. Eslab qoling: uzblogger3789ux. So‘ngra “Checkout” tugmasini bosasiz va shart bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirasiz(Ism, Familiya va hokazolar). Undan keyin “Complete Order” tugmasini bosasiz va tamom. Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng “My Products & Services”ni ochib “View Details” tugmasini bossangiz, ko‘chirib olishingiz mumkin bo‘lgan(maqola yozilishi paytida 4ta) WordPress shablonini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Yana bir bor qaytarib o‘tmoqchimanki, ushbu shablonlar soni har oyda ko‘payib boradi va yil mobaynida har oy yangi Premium WordPress shablon ko‘chirib olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ushbu kod eng birinchi 50ta blog o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Kimdur ulgurmay qolsa, shu yerda sharh qoldiring va yordam berishga harakat qilaman.

E’tiboringiz uchun raxmat. Hudo hohlasa, bundan keyin ham sizlarni turli hil tuhfalar bilan siylashda davom etamiz. Kuzatib boring!

Agar maqolalarni RSS tasmasi orqali o‘qimoqchi bo‘lsangiz RSS manzilimizni eslatib o‘taman:
http://feeds.feedburner.com/uzblogger - maqolalar uchun;
http://feeds.feedburner.com/UzbloggerSharhlar - sharhlar uchun.

Bundan tashqari, siz UzBlogger.com maqolalarni nafaqat RSS tasmasi orqali, balki o‘z e-mail pochtangiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Buning uchun blogning yon qismida mavjud bo‘lgan RSS2Mail bo‘limidagi bo‘shliqqa o‘z e-mail manzilingizni kiritib, obuna bo‘lishni tasdiqlasangiz bas — barcha maqolalar e-mail pochtangizga yuborilib turiladi.

Teglar: , , , , , , ,
Bo‘lim: Umumiy | Muhokama →

UzBlogger.com taqdim etadi — yaxshi yangilik 25-Fevral, 2008

Hurmatli blog oq’uvchilari!

Oldingi maqolamizdan ma’lum bo‘lgani kabi, bugundan boshlab ushbu blogda UzNet deb nomlangan yangi bir rukn paydo bo‘ldi. Ushbu ruknni ochishdan maqsad, blog o‘quvchilari bilan UzNetdagi mavjud foydali resurslarni o‘rtoqlashish va bahslashishdir.

UzNet deb nomlashda jon bor. UzNet deganda men o‘zbek tilidagi resurslarni tushunaman. Avvallari ham aytib o‘tganimdek, .uz zonasidagi domenga ega bo‘lgan hamma sayt ham UzNet bo‘lib qolavermaydi. Bu albatta mening shaxsiy fikrim, boshqalarni ham shunday o‘ylashga majbur qilmayman. Lekin mantiqan o‘ylab ko‘rganda, UzNet deganda faqatgina o‘zbek tilidagi internet resurslarni tushunish lozim.

Hammamizga ma’lumki, hozirda o‘zbek tilida internet resurslari juda ham kam. Hammamiz ham barcha mavjud resurslarni bilmaymiz. Balkim foydali blog yoki sayt bordirki, balki bu haqda birimiz bilarmiz, boshqamiz esa yo‘q. Shuning uchun, kimda-kim mana shunday foydali hamda o‘zbek tilida bo‘lgan saytni bilsa, ushbu sayt haqida ushbu maqolaga sharh sifatida yoki mening email manzilimga(avazbek[at]gmail.com) yozib qoldirsangiz, albatta ushbu blogimizda boshqa o‘quvchilarga ham o‘sha resurs haqida ma’lumot yetkazib boramiz.

E’tiboringiz uchun raxmat!

Teglar: , ,
Bo‘lim: Umumiy, UzNet | Muhokama →

ProBlogger muallifi Darren Rowse tuhfasi 11-Fevral, 2008

Web Design for ROI

Dunyodagi eng mashhur bloglardan biri hisoblangan ProBlogger saytida o‘tgan hafta bir musobaqa o‘tkazilgandi. Ushbu musobaqada hohlagan kishi ishtirok etishi mumkin edi va o‘zi yoqtirgan dizaynga ega bo‘lgan sayt(lar) haqida ma’lumot berishi talab etilgandi. Men ham o‘z fikrimni bildirib o‘tgandim, mana Darren Rowse 5 ta g‘olibni orasiga meni ham sharhimni kiritibdi. Hullas, tuhfa uchun raxmat =)

Teglar: , , , ,
Bo‘lim: Umumiy | Muhokama →

Sahifalar:12»