‘blog yaratish’ ruknli maqolalar

Blogging asoslari: Blog yuritish bo‘yicha foydali maslahatlar

Seshanba, Avgust 19th, 2008

Umumiy

  • Ushbu maqolani o‘qigandan so‘ng ikkilanib o‘tirmasdan darhol blog yaratishga kirishing. Buning hech ham qo‘rqinchli yeri yo‘q.
  • Asosan post mazmuniga e’tibor bering.
  • Obunachilarni kuzatib borish uchun Feedburner xizmatidan foydalaning, blog statistikasini kuzatib borish uchun Google Analytics xizmatidan foydalaning.
  • Statistikaga 3 soat termulib o‘tirish sizga o‘quvchilar oqimini keltirmaydi, sifatli maqola yozish va uni ommaga tarqatishni davom ettiring.
  • O‘quvchilarga qulaylik tug‘dirish uchun postlarni teglar va bo‘limlar yordamida saralang.

(more…)

Blogging asoslari: Blog dasturlari

Seshanba, Avgust 19th, 2008

Blog dasturi barcha qiyin, texnik vazifalarni o‘z bo‘yniga oladi. Sizdan talab qilinadigan narsa bu faqat va faqat yozish, dastur qolgan hamma ishni o‘zi bajaradi. Bunday blog dasturlari juda ham ko‘p, lekin biz faqat 4ta eng yaxshi dasturlar haqida gaplashamiz.

Blog xizmatlari

Wordpress.com — Bu tizim WordPress blog dasturi asosida ishlaydi. Ushbu saytda ro‘yxatdan o‘tganingizda siz test.wordpress.com shaklidagi subdomenga ega bo‘lasiz. Blog tashqi ko‘rinishini o‘zgaritirish uchun undagi bepul shablonlardan birini tanlashingiz mumkin va shu bilan blog tayyor bo‘ladi. Agar blog xizmatidan foydalanish niyatingiz bo‘lsa, uhsbu xizmatdan foydalanishingizni maslahat beraman.

Blogger — bepul blog xizmatlari ichida eng yirigi hisoblanadi va blog tashqi ko‘rinishini moslash uchun juda ko‘p shablonlarga ega. Bundan tashqari yana bir nechta qulayliklar va xizmatlarga ega.
(more…)

Blogging asoslari: Blogni joylashtirish

Seshanba, Avgust 19th, 2008

Blogni internetda joylashtirish uchun sizga joy kerak. Internet olamida buni vebhosting deb ataladi. Vebhosting qanchalik barqaor va tez ishlasa, demak sizning foydalanuvchilaringizga juda ham muhim qulaylik yaratgan hisoblanasiz. Agar blog vaqti-vaqti bilan ochilmaydigan vebhostingda joylashgan bo‘lsa, o‘quvchilar boshqa sinzing blogingizga qaytib kelishmaydi. Shuning bilan birgalikda blog sahifalari juda sekin ochiladigan bo‘lsa, sekin internetdan foydalanuvchilar qaytib kirmay qo‘yishadi.

Ikki yo‘l

Blogni joylashtirish uchun ikki yo‘l mavjud. Agar pulingiz bo‘lsa sifatli vebhosting sotib olganingiz maq’ul. Bepul vebhosting xizmatlaridan farqi shuki, sizda ko‘proq imkoniyat va mustaqillik bo‘ladi, odatda tezroq va barqaror ishlaydi va o‘z domeningizga ham ega bo‘lasiz.
(more…)

Blogging asoslari: Mavzu tanlash

Seshanba, Avgust 19th, 2008

Nima haqida blog yuritish bu juda ham muhim masala. Blog o‘quvchilari, omma uchun nima haqida gapirmoqchiligingizni juda ham yaxshi tushungan bo‘lishingiz kerak. Bunday postlar uchun oddiy bir sarlavha tanlashning o‘zi ham ba’zan qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Blog yuritish uchun o‘z mavzuingizni tanlashingiz lozim.

Mavzu tanlaganga yarasha, yetarli ma’lumotlar bilan ta’minlab borish kerak. Agar ma’lumot yetarli bo‘lmagan mavzu haqida blog yuritadigan bo‘lsangiz va yangilab bormasangiz, sizning tanlovingiz noto‘g’ri bo‘lgan hisoblanadi.
(more…)

Blogging asoslari: Blog qanday sahifalardan iborat bo‘lishi kerak?

Seshanba, Avgust 19th, 2008

Avvalgi postda aytib o‘tganimdek, blog bu bir nechta qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan vebsaytdir. Blogda ham vebsaytdagi kabi odatiy sahifalar mavjud bo‘lishi mumkin. Aslida bir nechta odatiy sahifalarning borligi blog o‘quvchilarida yaxshi tassurot qoldirishi mumkin. Endi esa mana shunday sahifalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Qani ketdik:

Bosh sahifa

Bosh sahifa barcha bloglarda mavjud. Blog manzilini yozganingizda ochilgan sahifa bu blog bosh sahifasi hisoblanadi va odatda aynan ushbu sahifada eng so‘nggi blog postlar chop etiladi.

Bog‘lanish sahifasi

Blogda bog‘lanish sahifasining mavjudligi bu juda ham muhim fakt. Blog yuritar ekansiz, o‘z o‘quvchilaringiz bilan doimo aloqada bo‘lib turishingiz lozim. Bog‘lanish sahifasi esa huddi shu maqsadni amalga oshirishda asosiy rol o‘ynaydi.
(more…)

Blogging asoslari: Blog bu nima?

Seshanba, Avgust 19th, 2008

Blog bu nima? Agar blog yaratishni hohlasangiz, bu siz uchun juda ham muhim savol. Ko‘pchilik albatta blogging fenomeni haqida ko‘p eshitgan. Turli mavzular bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini yozib borish yoki ommaviy muhokama uchun turli xil maqolalar yozish va hokazo. Bular ham to‘g’ri lekin bu hammasi emas.

Blog yoki veblog(weblog) bu veb jurnal, kundalik bo‘lib, bunda bizga o‘xshagan insonlar o‘z fikrlarini yozib borishadi. Bu bir vebsayt bo‘lib, unda blog muallfi hamda blog o‘quvchilari aloqa qilishadi va ma’lum maqolalar bo‘yicha bahslashishadi.
(more…)

O‘zbek tilida blog yuritishga nima yetsin

Payshanba, Iyul 3rd, 2008

O‘zbek tilida blog yuritishdan ham qiziqarliroq narsa bormi? Albatta bor - o‘zbek tilida yuritiladigan bloglarni o‘qish. Darhaqiqat, o‘zek tilida yuritiladigan bloglar soni shu darajada ozki, biron-bir o‘zbek tilidagi blogga duch kelgan zahotiyoq behosdan ko‘zimiz yoshlanib ketadi hursand bo‘lib ketamiz. Biron-bir qimmatbaho narsani yo‘qotib uni qayta topib olganingizda qanday zavqlansangiz, o‘zbek tilidagi blogga duch kelganingizda ham mana shunday zavqlanasiz. Uning nima mavzuda ekanligi, blogning tashqi ko‘rinishiga umuman e’tibor berib o‘tirmaysiz. Chunki bu masalada tanlash huquqi unchalik ham katta emas. Bu yoqmadi, boshqasini o‘qiyman deyishning ilojisi yo‘q. Ming afsuski “haqiqiy uznet” mana shunday sanoqli bloglardan iborat.

Dunyo bo‘yicha bir kunda yuz minglab bloglar yaratiladi, nima uchun biz hech bo‘lmaganda o‘nlab bloglar yarata olmaymiz? Asosiy muammo nimada? Internet foydalanuvchilarimizda umuman hech qanday qiziqish yo‘qmikin? Axir odam o‘zi qiziqqan mavzu haqida bahslashishni juda ham xush ko‘radiku. Blog ochib, o‘sha yerda istagan mavzusida maqola yozib, o‘ziga hamfikrlarni topish, ular bilan suhbat qurish, bahslashishning nimasi yomon? Yoki bizning foydalanuvchilarmiz bir haftada 1-2 yaxshi maqola yoza olmaydigan dangasa odamlarmikin? Yoki blog yaratish masalasida ma’lum qiyinchiliklar to‘g’anoq bo‘lyaptimi?

Qanday ish yoki harakat bo‘lishidan qat’iy nazar, menimcha, eng birinchi o‘rinda hohish bo‘lishi kerak. Hohish, iroda bo‘lsa, barcha narsaga erishish mumkin. Mana shuning uchun ham odamlarda hohish uyg‘otish kerak. Bu narsani oiladan, yaqin do‘stlardan boshlash kerak. Ularga qo‘ldan kelganicha yordam berish kerak, kerakli maslahatlarni berish kerak. Blog ochish juda ham oson ish ekanligini yetkazish kerak. Blog yuritish jarayonining qiziqarli ekanligini his qilib olgach, umuman blogdan bo‘shamay qolishadi. Bu ko‘chada bekor vaqt o‘tkazib yurishdan, kompyuterda bekorchi o‘yinlarni o‘ynashdan, ma’nosiz seriallarni ko‘rishdan yuz ming marta foydali va maroqli jarayon.

Agar biror kishi blog ochish istagida yurgan bo‘lsayu, qanday ochish, qayerda ochish va hokazo muammolarga duch kelgan bo‘lsa, bemalol menga xabar berishlari mumkin - avazbek[]gmail.com. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Yoki mana shu mavzuga sharh qoldirishlari ham mumkin, umid qilamanki, ushbu blog o‘quvchilari ham bu borada o‘z yordamlarini ayashmaydi.