‘internet resurs’ ruknli maqolalar

UzBlogger.com taqdim etadi — yaxshi yangilik

Dushanba, Fevral 25th, 2008

Hurmatli blog oq’uvchilari!

Oldingi maqolamizdan ma’lum bo‘lgani kabi, bugundan boshlab ushbu blogda UzNet deb nomlangan yangi bir rukn paydo bo‘ldi. Ushbu ruknni ochishdan maqsad, blog o‘quvchilari bilan UzNetdagi mavjud foydali resurslarni o‘rtoqlashish va bahslashishdir.

UzNet deb nomlashda jon bor. UzNet deganda men o‘zbek tilidagi resurslarni tushunaman. Avvallari ham aytib o‘tganimdek, .uz zonasidagi domenga ega bo‘lgan hamma sayt ham UzNet bo‘lib qolavermaydi. Bu albatta mening shaxsiy fikrim, boshqalarni ham shunday o‘ylashga majbur qilmayman. Lekin mantiqan o‘ylab ko‘rganda, UzNet deganda faqatgina o‘zbek tilidagi internet resurslarni tushunish lozim.

Hammamizga ma’lumki, hozirda o‘zbek tilida internet resurslari juda ham kam. Hammamiz ham barcha mavjud resurslarni bilmaymiz. Balkim foydali blog yoki sayt bordirki, balki bu haqda birimiz bilarmiz, boshqamiz esa yo‘q. Shuning uchun, kimda-kim mana shunday foydali hamda o‘zbek tilida bo‘lgan saytni bilsa, ushbu sayt haqida ushbu maqolaga sharh sifatida yoki mening email manzilimga(avazbek[at]gmail.com) yozib qoldirsangiz, albatta ushbu blogimizda boshqa o‘quvchilarga ham o‘sha resurs haqida ma’lumot yetkazib boramiz.

E’tiboringiz uchun raxmat!