Posts Tagged ‘matt mullenweg’

Matt Mullenweg savollaringizga javob beradi

Payshanba, Sentabr 11th, 2008

Matt Mullenweg

Matt Mullenweg — blogosferani tamoman o‘zgartirib yuborgan shaxs. 1984 yil, 11-yanvarda Texas shtatining Hyuston shahrida tug‘ilgan. U 21 yoshida dunyodagi eng mashhur ochiq kodli blog dasturi bo‘lmish WordPressning asoschisi bo‘ldi. 2005 yilning Noyabr oyida WordPress va Akismetni ta’minlash va rivojlantirish maqsadida Automattic kompaniyasini tashkil etdi. 2007 yil PC World jurnali tomonidan “Internetdagi 50 ta eng muhim insonlar” (The 50 Most Important People on the Web) ro‘yxatiga kiritilgan.

Matt Mullenweg UzNet foydalanuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berishga tayyor. Savollarni shu yerda yozib qoldirishingiz mumkin. 1 hafta davomida savollarni to‘plab, unga yuboraman. O‘z blog/saytlaringizda bu haqda e’lon qilsangiz, juda ham minnatdor bo‘lardim. Qancha ko‘p savol tushsa, shuncha qiziq bo‘ladi degan umiddaman.

WordPress 2.5

Shanba, Yanvar 5th, 2008

WordPress
Barcha WordPress foydalanuvchilari tez orada nashr qilinishi kerak bo‘lgan WordPressning yangi, 2.4-versiyasini kutishmoqda edi. Juda ham ko‘p yangiliklar va o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi kutilgan ushbu nashr Mart oyiga qoldiriladigan bo‘ldi. Bu haqda WordPress asoschisi Matt Mullenweg shunday dedi: “Kutilayotgan 2.4 versiyasining o‘rniga Mart oyida 2.5 versiya nashr qilinadi. Asosiy yangiliklar WordPressning kodi hamda boshqaruv paneliga taalluqlidir.”
(davomi…)