‘qidiruv tizim botlari’ ruknli maqolalar

SEO: Sarlavha teglaridan foydalanish

Dushanba, Fevral 18th, 2008

Sarlavha teglaridan foydalanish

Blogda maqola yozishda uni ma’lum mantiqiy qismlarga bo‘lib yozish maqsadga muvofiqdir. Chunki, o‘quvchilarga yetkazmoqchi bo‘lgan ma’lumotingizni ular tomonidan oson xazm bo‘lishiga yordam beradi. E’tiborli tomoni shundaki, maqolaning bosh sarlavhasi h1 tegi orasiga joylashtirish lozim. Maqolaning qismlariga tegishli sarlavhalarni esa h2, h3 teglari orasiga joylashtirish lozim.

Qidiruv tizimlarning munosabati

Qidiruv tizimi botlari p tegidan ko‘ra h1, h2, h3 kabi teglarga ko‘proq ahamiyat beradi. Shuning uchun ham maqolaning bosh va qism sarlavhalarini shunday teglar orasiga olib yozish maqola tarkibini qidiruv tizimi botlari tomonidan to‘laroq ravishda indeksatsiya qilinishiga hamda qidiruv natijalarida namoyon bo‘lishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. (more…)

SEO: Mavzuga tegishli boshqa maqolalar ro‘yxati

Yakshanba, Fevral 17th, 2008

O‘z blogingizni SEO uchun moslashtirish borasida yana bir muhim bosqich bu Tegishli Maqolalar plaginini o‘rnatishdir. Ushbu plagin blogingizni qidiruv tizimlar botlari tomonidan yana ham chuqurroq indeksatsiya qilinishiga yordam beradi. Maqolaga tegishli teglardan foydalangan holda tegishli maqolalar ro‘yxatini yaratib, maqola so‘nggida ko‘rsatib beradi. Yana bir ijobiy tomoni bu o‘sha ro‘yxatni RSS orqali ham ko‘rish mumkinligidir. Bu plaginning ishlashini ushbu blogda ko‘rishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ushbu plagin blog o‘quvchilari uchun ham bir talay qulayliklarni yaratib beradi. Masalan, qidiruv tizimlari orqali kelgan o‘quvchilar nafaqat o‘zlari qidirib kelgan mavzu bo‘yicha, balki o‘sha mavzuga tegishli boshqa maqolalar bo‘yicha ham ma’lumotga ega bo‘ladilar.

O‘rnatish va foydalanish: (more…)