v3
Chorshanba, Mart 26th, 2008Hurmatli blog o‘quvchilari,
Ayni vaqtda ushbu blogning shabloni o‘zgartirilmoqda hamda barcha aktiv plaginlar yangilanmoqda. WordPressning yangi versiyasi chiqishi arafasida, bir nechta plaginlar yangi versiyalarini chiqarishmoqda, shuning uchun o‘z vaqtida yangilab olish lozim. Ushbu blog WordPressning 2.5 RC2 versiyasida ishlamoqda.
Bundan tashqari yana bir muhim yangilikni xabar qilmoqchiman. Tez kunlarda yangi shablon to‘la o‘rnatib olingandan so‘ng, ushbu blogda forum ochiladi. Bu forumning mohiyati haqida keyinroq to‘liq ma’lumot beraman. Forum albatta bbPress asosida ishlaydigan bo‘ladi.
Bu xabarlar bilan yangiliklar tamom bo‘lgani yo‘q
Yana bir muhim bo‘lim bu mehmon bloggerlar tomonidan ushbu blog uchun maqolalar yozish/yuborish bo‘limidir. Bu haqida to‘liq ma’lumotni ham bo‘lim ishga tushish arafasida chop etaman.
Boshqa foydali/kerakli xizmatlar, bo‘limlar lozim deb o‘ylasangiz, bemalol yozib qoldirishingiz mumin va umid qilamanki birgalikda shunday yangi xizmatlarni amalga oshiramiz.