‘tegishli maqolalar’ ruknli maqolalar

SEO: Mavzuga tegishli boshqa maqolalar ro‘yxati

Yakshanba, Fevral 17th, 2008

O‘z blogingizni SEO uchun moslashtirish borasida yana bir muhim bosqich bu Tegishli Maqolalar plaginini o‘rnatishdir. Ushbu plagin blogingizni qidiruv tizimlar botlari tomonidan yana ham chuqurroq indeksatsiya qilinishiga yordam beradi. Maqolaga tegishli teglardan foydalangan holda tegishli maqolalar ro‘yxatini yaratib, maqola so‘nggida ko‘rsatib beradi. Yana bir ijobiy tomoni bu o‘sha ro‘yxatni RSS orqali ham ko‘rish mumkinligidir. Bu plaginning ishlashini ushbu blogda ko‘rishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ushbu plagin blog o‘quvchilari uchun ham bir talay qulayliklarni yaratib beradi. Masalan, qidiruv tizimlari orqali kelgan o‘quvchilar nafaqat o‘zlari qidirib kelgan mavzu bo‘yicha, balki o‘sha mavzuga tegishli boshqa maqolalar bo‘yicha ham ma’lumotga ega bo‘ladilar.

O‘rnatish va foydalanish: (more…)