‘update’ ruknli maqolalar

WordPress 2.3.3

Seshanba, Fevral 5th, 2008

WordPressning 2.3.3 versiyasi nashrdan chiqdi. XML-RPC faoliyatida ma’lum so‘rov(request) yordamida bir blogdagi foydalanuvchi boshqa bir foydalanuvchining maqolalarini tahrirlash xavfi yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun xmlrpc.php faylini yangilashingiz talab etiladi. Ushbu xmlprc.php faylini ko‘chirib oling va mavjud bo‘lgan xmlprc.php fayli bilan almashtiring.

Bundan tashqari yana mayda qo‘shimchalar mavjud, lekin majburiy emas. Vaholanki, hamma qo‘shimchalari bilan birga yangilamoqchi bo‘lsangiz, ushbu manzil orqali WordPressning yangi nashrini ko‘chirib olishingiz mumkin.

WordPress 2.3.1

Yakshanba, Oktabr 28th, 2007

WordPressning navbatdagi versiyasi nashr etildi. 20dan ortiq turli xil xato va kamchiliklarga tuzatishlar kiritildi. Janek Vind tomonidan kuzatilgan jiddiy xavfsizlik nuqsoni , ya’ni PHPda register_globals o‘chirilmagan holda jiddiy xavfsizlikka olib keluvchi XSS muammosi bartaraf etildi. Shuning uchun WordPress yordamida ishlovchi saytingizni yangilashni maslahat beramiz.