‘webware’ ruknli maqolalar

Webware 100 tanlov g‘oliblari aniqlandi

Shanba, Aprel 26th, 2008

Webware Winner

Bundan bir necha hafta oldin Webware 100 tanlovi haqida aytib o‘tgandim. Ushbu tanlovda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha har bir yo‘nalish doirasida 10 tadan eng zo‘r dasturlar ovoz berish asosida g‘olib deb aniqlanadi. Barcha yo‘nalishdagi g‘oliblar ro‘yxati bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin. WordPress esa albatta “Publishing and Photography” yo‘nalishida g‘olib deb topildi. WordPressga shon-sharaflar bo‘lsin! :)

Webware 100 - WordPressga ovoz bering!

Shanba, Mart 1st, 2008

i_voted.png

Webware 2008 yil “Webware 100″ tanlovini ochiq deb e’lon qildi. Ushbu tanlovda foydalanuvchilar o‘zlari yoqtirgan Web 2.0 dasturlariga ovoz berish natijasida, turli yo‘nalishlardagi eng zo‘r dasturlarni aniqlaydilar. WordPress ham ushbu tanlovda Publishing & Photography yo‘nalishida ishtirok etmoqda.

Tanlov 31-martgacha davom etadi, g‘oliblar 21-aprel kuni e’lon qilinadi.

Ovoz berish uchun ushbu sahifaga boring va sahifaning quyida WordPressni ko‘rasiz. O‘ng tomondagi VOTE tugmasini bosasiz. Har bir bo‘limda 3tagacha dasturga ovoz berish imkoningiz bor, hohlasangiz boshqa dasturlarni ham belgilagan holda ovoz berishingiz mumkin.